Mazkur kredit turi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzand(lar)ini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga beriladi.
- Davlat dasturi doirasida shaharlardan arzon kvartiralar va qishloq joylaridan bir qavatli uylar ipoteka krediti asosida beriladi.
- Yashash sharoitlariga yaxshilashga muhtoj ayollar uchun kvartiralarni belgilash tuman (shahar) hokimiyatlarida tashkil etilgan hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Talabgor Davlat dasturida ishtirok etayotgan bank filialiga kredit ajratish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati 15 bank kuni hisoblanadi.
- Subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi.
- Sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilgan taqdirda, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar va tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
E’tibor bering!
Subsidiya olish jarayonida Davlat xizmatlari markazlari Sizdan faqatgina ariza olib qolib tayyor natijani taqdim etishga vakolatli.
Qolgan masalalar, ya’ni kimlarga qancha miqdorda subsidiyalar ajratishni alohida komissiya hal qiladi. Bu ishga Davlat xizmatlari markazi aralashmaydi.
Subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1-marta beriladi.