Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish asoslari
- tarixiy va milliy an’analarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismini yozdirish istagi bo‘lganda;
- otalik belgilanganda;
- farzandlikka olinganda;
- ota-onaning o‘zaro kelishuviga ko‘ra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga ko‘ra voyaga etmagan bolaning familiyasi o‘zgartirilganda;
- millati o‘zgartirilganda;
- nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga etgunga qadar);
- sud qarori bilan otalikni belgilash haqiqiy emas deb topilganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda;
- ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilishi munosabati bilan voyaga etmagan bolaning familiyasi va otasining ismi o‘zgartirilganda;
- imloviy xato va noaniqliklar bo‘lganda, shuningdek tug‘ilgan vaqti, joyi va otasining ismi yozilmay qolganda;
- 16 yoshga to‘lmagan bolaning ismi va familiyasi o‘zgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan bo‘lsa;
- agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirib yoki erkalatish shaklida yozilgan bo‘lsa;
- jinsi o‘zgartirilganda.
Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish joyi
- Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish etarli asoslar mavjud bo‘lganda va manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda, ushbu yozuvlar saqlanayotgan joydagi, agar ular O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan bo‘lsa, FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.
- 16 yoshga to‘lgan shaxslarning tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga o‘zgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.
- 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning tug‘ilish haqidagi yozuvlar daftariga o‘zgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalar ariza beruvchining yashash joyidagi FHDYo organida ko‘rib chiqiladi.
- O‘zbekiston Respublikasining chet elda turuvchi fuqarolarining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizalari ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish muddatlari
- Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza FHDYo organi tomonidan, ariza tushgan kundan boshlab 10 kun mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.
- Uzrli sabablar (o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lgan yozuvlar nusxalari olinmaganda va boshqa hollarda) mavjud bo‘lganda FHDYo organi mudiri tomonidan ushbu muddat 1 oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ushbu xizmatni Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilib olish mumkin.
Ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lov undiriladi.
FHDYo organining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Foydali havolalar
- FHDYo organlari haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- FHDYo organi qabuliga yozishi uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi konsullik muassasalari bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.