Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir.

  • Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan 20 yilgacha muddatga belgilanadi.
  • Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin 25 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.

Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, 18 yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.