Sudьya ayrim hollarda ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinadi.
Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi yoki tarjimon quyidagi hollarda ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinadi, agarda u.
- Rad qilish to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning fikrini eshitadi.
- Ishni yakka tartibda ko‘rayotgan sudьyani rad qilish to‘g‘risidagi masala sudning raisi, bir tarkibli sudda esa shu sudьya tomonidan hal qilinadi.
- Ish hay’at tarkibida ko‘rilayotganda sudьyani rad qilish to‘g‘risidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudьyaning ishtirokisiz sud tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, sudьya rad qilingan hisoblanadi.
- Bir nechta sudьyani yoki ishni ko‘rayotgan sudning butun tarkibini rad qilish to‘g‘risidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi.
- Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning o‘zini o‘zi rad qilishi yoki ularni rad qilish to‘g‘risidagi masala ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.