Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibi quyidagi hollarda ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim.
- O‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan bo‘lishi va ishni mazmunan ko‘rish boshlanguniga qadar ma’lum qilinishi kerak.
- Ish ko‘rilayotganda o‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga, agar o‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish uchun asos o‘zini o‘zi rad qilish yoxud rad qilish haqida ariza bergan shaxsga ishni mazmunan ko‘rish boshlanganidan keyin ma’lum bo‘lib qolgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
- Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo‘yicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u ko‘rib chiqilmaydi.
Rad qilish to‘g‘risida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning ham fikrini eshitadi.
Ishni yakka tartibda ko‘rayotgan sudьyani rad qilish to‘g‘risidagi masala sud raisi tomonidan hal qilinadi.
- Ish hay’at tarkibida ko‘rilayotganda sudьyani rad qilish to‘g‘risidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudьyaning ishtirokisiz sud tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, sudьya rad qilingan hisoblanadi.
- Bir nechta sudьyani yoki ishni ko‘rayotgan sudning butun tarkibini rad qilish to‘g‘risidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi.
- Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning o‘zini o‘zi rad qilishi yoki ularni rad qilish to‘g‘risidagi masala ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
- Sudьyaning o‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
- Rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
O‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi yoki sudьyani yoxud bir nechta sudьyani yoinki butun sud tarkibini rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda ish o‘sha sudda, biroq sudьyalarning boshqa tarkibida ko‘riladi.
Agar o‘zini o‘zi rad qilishni va rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni ayni o‘sha sudda ko‘rish uchun sudning yangi tarkibini shakllantirish imkoni bo‘lmasa, ish boshqa sudga o‘tkazilishi kerak.