Ayrim hollarda sudьya ishni ko‘rishi mumkin emas va rad qilinishi lozim.
Rad qilish asoslari prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Agar ekspert, mutaxassis va tarjimon taraflar yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram bo‘lsa, agar ekspert va mutaxassis ham taftish o‘tkazgan yoxud xulosa bergan bo‘lib, ularning materiallari mazkur ishni qo‘zg‘atishga asos bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, ularni rad qilish to‘g‘risida ariza berilishi mumkin.
Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, sud majlisi kotibini rad qilish sudning tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan bo‘lishi va ishni mazmunan ko‘rish boshlanguniga qadar ma’lum qilinishi lozim. Rad qilish asosi sudga yoki rad qilinayotgan shaxsga ishni ko‘rish boshlanganidan so‘ng ma’lum bo‘lib qolgan hollardagina rad qilish haqida kechikib arz qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo‘yicha takroran rad qilish arz qilinishi mumkin emas. Takroran rad qilish arz qilingan taqdirda, u ko‘rib chiqilmaydi.