Geodeziya va kartografiya faoliyati — Er shaklining, tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini, er sathining koordinata nuqtalarini va ularning vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarini aniqlashga, davlat geodeziya, gravimetriya va nivelir tarmoqlarini, doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stantsiyalari tarmog‘ini yaratish, rivojlantirish va ishlash holatida saqlab turishga, davlat kadastrlari, geofazoviy ma’lumotlar banklari (bazalari) va geoaxborot tizimlari uchun topografik, tematik xaritalar, rejalarni va kartografik asosni yaratishga hamda yangilashga qaratilgan ilmiy, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati.
- O‘zbekiston Respublikasi hududi, er shari hududi, kosmik fazo, shu jumladan tabiiy hamda sun’iy osmon jismlari geodeziya va kartografiya faoliyatining ob’ektlaridir.
- Geodeziya va kartografiya faoliyatining sub’ektlari.
Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
- Davlat geodeziya nazorati geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
- Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni moliyalashtirish Davlat byudjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.