Respublika maxsus komissiyasi so‘nggi kunlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari ortganligi munosabati bilan mamlakatimizda keskin epidemiologik holat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida quyidagi takliflarni ma’qulladi:

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston hududida:

enlightenedto‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish;

enlightenedteatr, kino (kinoteatr) va kontsert-tomosha dasturlarini tashkil etishda:

  • tomoshabinlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning qat’iy niqobda (maskada) bo‘lishlarini ta’minlash;
  • tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmaslik;
  • tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta’minlash;
  • tashrif buyuruvchilarning tana harorati nazoratini o‘rnatish hamda tana harorati ko‘tarilgan shaxslarni dasturga qo‘ymaslik;
  • tomosha o‘tkaziladigan saroylarda savdo shoxobchalari faoliyatini to‘xtatish (niqob va antiseptik vositalar savdosi bundan mustasno);
  • chiptalarga “Faqat sog‘lom bo‘lsangizgina tashrif buyuring” yozuvini yozish orqali aholini ogohlikka chaqirish;
  • kirish qismida tomoshabinlarning binoga tartibli kirishlarini ta’minlash maqsadida maxsus lentalar yordamida bir qatorli kirish va chiqish yo‘laklarini o‘rnatish tartibi belgilandi.