Fuqarolari yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish uchun 1-avgustdan 20-avgustgacha (shu kuni ham) Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazi orqali elektron shaklda tegishli hujjatlarni topshiradi.

Yuridik texnikumlarga kirish sinovlari, qoida tariqasida, 25 — 30 avgyst kunlari quyidagi shaklda o‘tkaziladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — test sinovlari;
  • xorijiy fuqarolar uchun — og‘zaki suhbat;
  • ko‘zi ojizlar uchun — tanlov asosida.

 Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Abiturientning kirish imtihoni natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tartiblarning buzilishi aniqlanganda, imtihon natijalari bekor qilinadi, abiturient o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, u yuridik texnikum o‘quvchilari safidan chetlashtiriladi.

Adliya vazirligining abiturientlarni yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 2 sentyabrdan kechikmasdan qabul qilinadi.