Javob: Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonchasida elektron auktsionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Buning uchun esa, hokimlik yoki boshqa davlat idoralariga murojaat qilish talab qilinmaydi va elektron auktsion o‘tkazilishi haqidagi xabarnoma «Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi veb-portaliga joylashtirilganidan so‘ng, ushbu elektron auktsionda ishtirok etishga elektron tarzda buyurtmanoma berish lozim.
Javob: Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi er uchastkalari auktsionsiz tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan beriladi.
Er uchastkasini berish bo‘yicha mazkur imtiyoz bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa a’zolariga tatbiq etilmaydi.
Javob: Fermer xo‘jaligi er uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jalik ekinlarini oraliq ekish uchun bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berish (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) huquqiga ega.
Demak, K. ismli shaxs fermer xo‘jaligiga tegishli er maydonining bir qismini boshqa fuqaroga bog‘dorchilik uchun 2 yilga ikkilamchi ijaraga berishi mumkin emas.
Javob: Quyidagilar kompensatsiya qilib beriladi:
- olib qo‘yilgan er uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlarining bozor qiymati;
- olib qo‘yilgan er uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati;
- ko‘chirish, shu jumladan, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektini vaqtinchalik olish bilan bog‘liq xarajatlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning boy berilgan foydasi;
- qonun hujjatlarida yoki Kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlar va zararlar.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, ishlab chiqarish va boshqa binolar va inshootlarning qiymati ham qoplanishi lozim.
Kompensatsiya turi, miqdori va berish muddati bo‘yicha kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanadi.
Javob: Sh. ismli shaxsning qo‘shnisiga tegishli er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish, ya’ni piyoda o‘tish huquqi (servitut) o‘sha qo‘shnisi bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq belgilanadi. Agar ular o‘zaro kelisha olmasalar, sudning hal qiluv qarori bilan belgilanadi. Servitut belgilanishi va uning shartlari xususidagi ishlarni hal qilishda sudlar, tegishli vakolatli organlarni ishga jalb etishlari va servitut belgilash yuzasidan ularning xulosasini olishi shart.
Servitut to‘g‘risidagi kelishuv davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u er uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitut to‘g‘risidagi kelishuv uni belgilashga sabab bo‘lgan asoslar barham topsa, bekor qilinishi mumkin.