2020-yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshirildi.
2020-yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 262 470 so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 513 350 so‘m;
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 513 350 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 315 030 so‘m etib belgilandi.
To‘lash muddati 2020-yilning iyulь-sentyabr oylarida tugaydigan bolalari bo‘lgan oilalarga va bola parvarishi bilan shug‘ullanadigan onalarga nafaqa to‘lash navbatdagi 6 oy muddatga (bola tegishlicha 2 yosh va 14 yoshdan oshmagan holatda) davom ettiriladi.