✅ Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonchasida elektron auktsionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. ✅ Er uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari (aholi punktining bosh rejasi va aholi punkti tegishli qismining BRL) bilan ta’minlangan aholi punktlari hududlarida beriladi (auktsionga qo‘yiladi).
✅ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga ko‘ra, yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi er uchastkalari: ✅ Er uchastkasini berish bo‘yicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa a’zolariga tatbiq etilmaydi.
✅ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandiga ko‘ra, yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkasini olishga tuman (shahar) hokimligiga ariza bilan murojaat qilinadi va arizaga:
✅ Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan er uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq er uchastkalarini taqdim etish hollari mustasno bo‘lgan holda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auktsion orqali beriladi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 55-moddasiga ko‘ra, oilali va qishloq joylarda kamida 3 yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga, shuningdek tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yosh fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga er uchastkasi sug‘oriladigan erlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) erlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa sug‘orilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha o‘lchamda beriladi. ✅ Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun er uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. ✅ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun er uchastkasini olishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimligiga oilasining tarkibini va er uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza beradi.