✅Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, uy xo‘jaligida dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha imtiyoz berilgan bo‘lib, bunda mazkur daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i undirilmaydi.
✅ Korxona tomonidan realizatsiya qilingan qishloq ho‘jaligi maxsulotlari hajmi jami realizatsiya hajmidan kamida 90 foizdan ortiqni tashkil etsa, foyda solig‘ining stavkasi 0 foizni tashkil etadi. Bu foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan degani emas.
✅O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning xar bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida-alohida to‘laydilar.