✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 109-son qaroriga ko‘ra, quyidagi shaxslar navbatsiz chipta olishlari mumkin:
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda 2019-yil 1 oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida avtomashinani boshqarish uchun ishonchnoma talab qilinmaydi.
✅ "Lizing to‘g‘risida"gi qonunning 2-moddasiga asosan lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’ektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun 12 oydan ortiq muddatga beradi. ✅ Lizingning asosiy sharti lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tishidir. Sizda avtomashinaga nisbatan mulk huquqi lizing tugagandan so‘ng vujudga keladi.
✅ "Yo‘l-patrulь xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 18-bandiga asosan, yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno) huquqiga ega.