Yashash guvohnomasi - xorijiy shaxsning yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi quyidagilarga beriladi
- O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — ular 16 yoshga to‘lganlarida;
- Nizomda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan va qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga;
- Fuqarolari ko‘chmas mulk sotib olish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatlar fuqarolariga ular quyidagi hududlarda ko‘chmas mulk sotib olgan taqdirda:
- Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 400 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;
- Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda.
- O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, ammo O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilmagan yoki qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga.
- Xorijiy shaxsga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning istiqomat joyida beriladi.
- Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi, chet elga jo‘nab ketuvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga beriladi.
Taqdim etiladigan hujjatlar
- Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (birinchi marta olish chog‘ida);
- xorijiy davlatning haqiqiy pasporti;
- vakolatli organlar tomonidan berilgan va arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat;
- kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat;
- istiqomat joyidan oila a’zolari ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
- nikoh to‘g‘risida guvohnoma.