Issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash bo‘yicha etkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasida ikki tomonlama issiqlik ta’minoti shartnomasini tuziladi.
Shartnoma tuzish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
- turar joy yoki noturar xonaning mulkdori shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
- ko‘p kvartirali uyda xonaning mulkdori (foydalanish) huquqini tasdiqlovchi hujjat va ushbu huquq paydo bo‘lgan sana;
- ichki ishlar bo‘limi pasport bo‘linmasidan berilgan ma’lumotnoma (f-17) yoki uy daftaridan ko‘chirma;
- yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma (noturar xonaning mulkdori uchun);
- issiqlik ta’minoti tizimlariga ulanish uchun loyiha hujjatlari (noturar xonaning mulkdori uchun).