Elektr tarmog‘i korxonasi va iste’molchi o‘rtasida 2 nusxada shartnoma tuziladi.
Shartnomaning bir nusxasi iste’molchida, ikkinchi nusxasi elektr tarmog‘i korxonasida qoladi.
Shartnomada iste’molchi va elektr tarmog‘i korxonasining huquq va majburiyatlari aks ettiriladi.
Tariflar kalkulyatori bilan havolada tanishing.
Elektr energiyasi bo‘yicha balansni tekshirish va to‘lash uchun havolaga o‘ting.
Elektr tarmoqlariga ulanish, hisobga olish (hisoblagich) uskunasini echish, o‘rnatish va qiyoslash masalalari bilan havolada tanishing.