Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi.

Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma er-xotinning mavjud umumiy mulki hisoblangan mulkigagina beriladi.

 


Notarial harakatni ishtirokchilari
er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga beriladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar
  • Nikoh haqidagi guvohnomasi;
  • Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;
    • Ko‘chmas-mullka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat va kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti);
    • Avtomototranspor uchun - DYHXX berilgan Transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi;
    • Boshqa turdagi mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat.
  • Boshqa hujjatlar (zarur bo‘lsa).


 

Qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lov
  • Loyiha uchun to‘lov (BHMning 5%): 11 150.00
  • Tushuntirish uchun haq miqdori (BHMning 5%): 11 150.00
  • Taqiq mavjud emasligini tekshirish uchun (BHMni 15%): 33 450.00


  • Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
  • Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
  • Elektron notarius portalidan foydalaning.
  • Sudga murojaat qilish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.