Avtomototransport vositalarini boshqarish va (yoki) tasarruf etish ishonchnomalari notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.
Ko‘rsatiladigan xizmat uchun yig‘im undiriladi. Hisoblashni elektron kalkulyator orqali amalga oshirish mumkin.
Transport vositasini yaqin qarindoshlar (er (xotin), ota-ona, bolalar, aka-ukalar va opa-singillar) o‘rtasida majburiy tartibda notarial ishonchnomalarni rasmiylashtirmasdan boshqarishiga ruxsat berildi.
- Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
- Qarindoshlik darajasi transport vositasi egasining talabiga binoan ko‘rsatilishi mumkin.
- Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Elektron notarius portalidan foydalaning.
- Sudga murojaat qilish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.