O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda majburiy to‘xtagan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlariga tranzit viza ichki ishlar organlarida uzaytirilmasdan ruxsat berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi, yo‘nalishni va O‘zbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktini o‘zgartirishni istovchi xorijiy fuqarolar buning uchun ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini olishlari shart.