Xorijiy fuqarolar O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari, kollejlarda va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.
Ta’lim muassasalarida xorijiy fuqarolarni o‘qitish tegishli ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarida nazarda tutilgan tillarda olib boriladi.
Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish va o‘qitish bo‘yicha barcha ishlarni tashkil etish, o‘quv-metodik rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish umumta’lim maktablarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan, boshqa ta’lim muassasalarida - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda xorijiy fuqarolarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
- xalqaro shartnomalar;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan dastlabki ekspertizadan va ro‘yxatdan o‘tkaziladigan jamoaviy va shaxsiy shartnomalar hamda kontraktlar.
O‘qitish turlari
- umumiy o‘rta ma’lumot;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
- oliy ma’lumot;
- oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’lim olishlari mumkin.
O‘qitish shartlariXorijiy fuqarolar O‘zbekiston ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati asosida O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Tibbiy ko‘rikO‘qish uchun kelgan xorijiy fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tadilar.
Ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun ruxsat berilmaydigan kasalliklar ro‘yxati
- sil kasalligining ochiq formalari (aktiv rivojlanuvchi o‘pka sili, traxeobronxial, qorinorti va pereferik limfa tugunlari, yirik suyaklar, halqum, ichak va teri aktiv sili);
- rivojlangan o‘pka-yurak etishmovchiligi (III-daraja) bilan kechuvchi o‘pkaning surunkali kasalliklari;
- barcha bosqichdagi xavfli o‘sma kasalliklari, ikki yil oldin radikal davolangan holatlaridan tashqari;
- II va III-darajali qon aylanishining buzilishi bilan kechuvchi yurak mushak va klapanlarining organik o‘zgarishlari (tug‘ma va orttirilgan);
- turg‘un buyrak etishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari;
- endokrin kasalliklar: aqliy faoliyatni pasayishiga olib keluvchi tug‘ma gipoterioz va boshqa tug‘ma kasalliklar;
- qon kasalliklari: o‘tkir leykozlar, aplastik kamqonlik;
- tug‘ma va surunkali organik asab kasalliklari, shuningdek, aql-zakovatning chuqur va turg‘un buzilishlari, psixopatik buzilishi, yaqqol namoyon bo‘lgan nevrologik belgilar yoki psixopatik xulq-atvor asoratlari bilan o‘tkazilgan og‘ir kasalliklar (entsefalit, meningit, araxnoidit, bosh va orqa miyaning yopiq jarohatlari va boshqalar);
- to‘xtovsiz rivojlanish bilan kechuvchi shizofreniya (oddiy, gebefrenik, paranoid turlari): a) xurujsimon rivojlanish bilan kechuvchi shizofreniya (turlari: katotonik, galyutsinator, paranoid); b) to‘lqinsimon kechuvchi shizofreniya (turlari: tsirkulyar, depressiv-paranoid, oneyroid-katotonik) tez-tez xurujlanuvchi va qisqa remissiyali holatlarda; v) sust kechuvchi shizofreniyaning xuruj davri;
- tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psixomator xurujlari bilan, shuningdek, xushning xiralashuvi va og‘ir disforiya bilan.
- kam takrorlanuvchi xurujlar bilan kechuvchi epilepsiya, shaxsning chuqur o‘zgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan, epileptik psixozlar, tez-tez xurujlanuvchi tsiklotimiya, maniakal depressiv psixoz, tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar;
- shaxsning patologik rivojlanishi har xil turlari, mehnatga qobiliyati pasayishi bilan, psixopatiyaning yaqqol turi yoki tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari;
- og‘ir, surunkali kechuvchi, qaytalanuvchi teri kasalliklarining nogironlikka olib keluvchi (pufakchali epidermoliz, slerodaktiliya, artropatik psoriaz turlari, tarqok qizil teri sili (volchanka);
- zaxmning yuqumli bosqichi;
- traxomaning I, II, III-darajalari;
- giyohvandlik, toksikomaniyaning (tamakiga tobelikdan tashqari) barcha turlari;
- orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS/OIV).
Taqdim etiladigan hujjatlar
- o‘qishga qabul qilish haqida ariza;
- o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxalari;
- sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;
- milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
- 4 x 6 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat.
Qabul qilish tartibiMaktablarga xorijiy fuqaro ma’lumoti bor yo‘qligidan qat’iy nazar qabul qilinadi. Agar maktab ta’limni olayotgan bo‘lsa uni maktabning tegishli sinfidan ta’limni davom ettiradi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga umumiy o‘rta ta’lim ma’lumotiga muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinadi.
Oliy o‘quv yurtlariga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
Xorijiy fuqarolar oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra qabul qilinadi. MDH mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.
Xorijiy fuqarolarning test sinovi (suhbat) topshirishi uchun ruxsatnoma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan beriladi.
Test sinovlari (suhbat) natijalari xorijiy fuqarolarni oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilish yuzasidan qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi.
Talabalar majburiyatlari
- O‘zbekiston qonun hujjatlariga amal qilish, mahalliy urf-odat va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, respublikada xorijiy fuqarolarning bo‘lishi va harakatlanishi bo‘yicha belgilangan qoidalarni bajarish;
- intizomga rioya qilish, mashg‘ulotlarga qatnashish, o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan o‘quv va ishlab chiqarish ishlarining barcha turlarini bajarish, imtihon va sinovlarni belgilangan muddatlarda topshirish;
- ta’lim muassasasining va talabalar yotoqxonasining ichki tartib-qoidalarini bajarish;
- ta’lim muassasasi rahbarlarining ko‘rsatma va farmoyishlarini bajarish.
JavobgarlikO‘qishda o‘zlashtirmaslik, intizomni, ta’lim muassasasi va talabalar yotoqxonasining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun, shuningdek O‘zbekiston qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra xorijiy o‘quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasi ro‘yxatidan chiqarib yuborishgacha bo‘lgan ma’muriy choralar ko‘rilishi mumkin.
O‘zbekiston hududida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun ular belgilangan tartibda respublikadan chiqarib yuboriladi.
O‘qish uchun kelgan xorijiy fuqarolarning zarur mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda ularni O‘zbekistondan chiqarib yuborish bo‘yicha xarajatlar tegishli ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayoniTa’lim muassasalarida o‘quv yili 2 sentyabrdan boshlanadi. Ta’tillarning boshlanish va tugash vaqti, ularning davom etish muddati muayyan ta’lim muassasasining o‘quv rejalariga muvofiq belgilanadi.
O‘qishni tugatgandan keyin xorijiy fuqarolarga ma’lumoti to‘g‘risida belgilangan namunadagi tegishli hujjatlar beriladi.