Etkazib berilgan gaz hajmi Majburiy ijro byurosi vakillari tomonidan gaz pribori ko‘rsatkichlarini yozib olish va billing tizimiga kiritish asosida aniqlanadi.

Quyidagi hollarda hisob-kitob gaz iste’mol qilish me’yorlari asosida amalga oshiriladi:
  • iste’molchi gazni hisobga olish priborisiz gazdan foydalansa;
  • hisob-kitob oyida gaz priborlaridan ko‘rsatkichlarni to‘liq yozib olish ta’minlanmasa.

  

Iste’mol qilingan gaz bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lsa, turar joyda propiska qilingan voyaga etgan shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladi.

Tariflar o‘zgarganda, avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan iste’molchi 12 oyga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.