Iste’molchilarga gazni hisobga olmasdan etkazib berish taqiqlanadi.
Gazni hisoblash uchun Davlat reestriga kiritilgan priborlardan foydalaniladi.
Gazni hisobga olish priborlari quyidagilarga ega bo‘lishi shart:
- foydalanish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi hujjat;
- maxsus belgi va tamg‘alarga ega bo‘lishi shart.
Priborlarga tamg‘alar qo‘yish Majburiy ijro byurosi va gaz ta’minoti tashkiloti xodimlari tomonidan, iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi.
Gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi doirasida o‘rnatilgan zamonaviy elektron priborlar gaz ta’minoti tashkilotlarining mulki hisoblanadi.
Gazni hisobga olish priborini echib olish shartlari
- gaz priborlari, tamg‘alarning saqlanishi va butunligi uchun iste’molchi javobgar hisoblanadi;
- gaz priborlarini almashtirish, ta’mirlash va sozligini monitoring qilish uchun echib olish gaz ta’minoti tashkiloti, Majburiy ijro byurosi vakillari va iste’molchi ishtirokida amalga oshiradi;
- bunda gaz pribori o‘rniga tekshirilgan boshqa pribor gaz ta’minoti tashkiloti hisobidan darhol o‘rnatiladi.
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan (qiyoslovdan) o‘tkazish
- priborlar har 4 yilda bir marta tekshiruvdan (qiyoslovdan) o‘tkaziladi;
- priborni tekshiruvdan (qiyoslovdan) o‘tkazish metrologiya organi tomonidan amalga oshiriladi;
- gaz ta’minoti tashkiloti priborni tekshiruvdan (qiyoslovdan) o‘tkazish lozimligi haqida iste’molchini yozma ravishda ogohlantiradi;
- priborni echib olish gaz ta’minoti tashkiloti va Majburiy ijro byurosi vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, dalolatnoma rasmiylashtiriladi;
- priborni tekshiruvdan (qiyoslovdan) o‘tkazish xarajatini pribor mulkdori qoplaydi;
- priborni tekshiruvdan (qiyoslovdan) o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, u yaroqli deb topiladi va bu haqda sertifikat beriladi.
Priborni tekshiruvdan (qiyoslovdan) o‘tkazish reglamenti bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.
Priborni tekshiruvdan (qiyoslovdan) o‘tkazish narxlari bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.
Yangi gaz priborlarini sotib olish uchun ushbu havolaga o‘ting.