- Fotoradar (kamera) orqali qayd qilingan jarimalarni havola orqali tekshirish mumkin.
- Jarimalarni onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘lash mumkin (UPAY.UZ, PAYME.UZ).
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga elektron murojaat yuborish.
Transport vositalarining oqimi va yo‘l sharoitini hisobga olgan holda, ko‘chma fotoradar va mobilь komplekslar biriktirilgan YPX xodimlari tomonidan ularning kunlik dislokatsiyasi belgilangan va maxsus moslamalardan tegishli tartibda foydalanish choralari ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
Ko‘chma fotoradar va mobilь komplekslarni qo‘llash joyi va vaqti DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq belgilanadi.
- Ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
- Bunda ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan tezlikni o‘lchash vositalari asosida rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.
Muhim!!!
«Radar». Yo‘llarda avtomobilь haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi. Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.
Statsionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yo‘l belgilarini, ko‘chma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa ko‘chma ustunga vaqtinchalik yo‘l belgilarini o‘rnatish ko‘zda tutiladi.