Abonentning huquqlari:
  • opyeratordan shartnomada belgilangan majburiyatlar bajarilishini talab qilish;
  • axborot xizmatidan foydalanish;
  • xizmat turlari bo‘yicha batafsil hisobni bepul olish;
  • favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirishda xizmatdan bepul foydalanish;
  • uning roziligisiz taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lovni to‘lashni rad etish;
  • opyeratorga murojaat etish;
  • opyerator aybi bilan ko‘rilgan zararlarni qoplanishini talab qilish;
  • xizmatlardan foydalanishni to‘xtatish;
  • shartnoma shartlari opyerator tomonidan buzilganda, shartnomani bajarishdan bosh tortish.

  

 

Xizmatlar sifati yomonlashganda yoki boshqa jiddiy kamchiliklar yuzaga kelganda, abonent o‘z xohishiga ko‘ra:
  • kamchiliklarni bepul bartaraf etishni;
  • ko‘rsatilgan xizmatlar narxini kamaytirishni;
  • takroran xizmatlarni ko‘rsatishni;
  • shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin.

Opyeratorning majburiyatlari
  • mobil aloqa xizmatlarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatish;
  • xizmatlarning kamchiliklarini bartaraf etish;
  • ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblarni berish, hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • abonentdan to‘lov olingandan keyin, aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini tiklash;
  • abonentning talabi bo‘yicha hisob-kitoblarning joriy holati to‘g‘risida batafsil axborot taqdim etish;
  • opyeratorning aybi bilan xizmatlar ko‘rsatilmagan vaqt uchun abonent to‘lovini qayta hisoblab chiqish;
  • abonentning yozma arizasi bo‘yicha SIM-karta yoki abonent telefoni yo‘qolganda, xizmatlar ko‘rsatilishini zudlik bilan to‘xtatish;
  • abonentlarning shikoyatlarini 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqish.

Opyeratorning abonentning oldidagi javobgarligi
  • aloqa xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarining buzilishi uchun;
  • barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatmaganlik uchun;
  • aloqa xizmatlarini sifatsiz ko‘rsatish uchun;
  • abonentga axborot taqdim etilmaganligi uchun;
  • abonent to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun.

Opyeratorning abonentlarga taqdim etadigan axboroti
  • aloqa tarmoqlarida abonent telefonidan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida;
  • xizmatlar ro‘yxati, ularni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida;
  • xizmat ko‘rsatish zonasi o‘zgarganligi to‘g‘risida;
  • yangi tariflar joriy qilingunga qadar kamida 10 kun oldin xizmatlarga tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida;
  • abonentlarga xizmat ko‘rsatish punktlarining ish rejimi o‘zgarganligi to‘g‘risida;
  • rekvizitlarining o‘zgarganligi to‘g‘risida.
 

Agar Sizda savollar va e’tirozlar bo‘lsa:

  

 

Mobilь aloqa opyeratori tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasa yoki sifatsiz xizmat ko‘rsatilsa:
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting;
  • Aloqa inspeksiyasiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting.