Ishsiz shaxslarga stipendiya kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakani oshirish davrida tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan to‘lanadi.

Stipendiyalar quyidagi miqdorda to‘lanadi
  • ishidan mahrum bo‘lgan shaxslarga (qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz shaxs bo‘lsa) oldingi o‘rtacha ish haqining kamida 75% miqdorida;
  • ishidan mahrum bo‘lgan shaxslarga (qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz shaxs bo‘lmasa) oldingi o‘rtacha ish haqining 50% miqdorda, lekin o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
  • uzoq vaqt (bir yildan ko‘proq) ishlamayotgan, birinchi marta ish qidirayotgan hamda kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malaka oshirishga muhtoj shaxslarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda.

Tashkilot tugatilishi yoki shtat qisqartirilishi tufayli o‘qiyotgan shaxslarga ish beruvchi (mablag‘i bo‘lmasa, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi) tomonidan 3 oy davomida, oldingi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi.