O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti – O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasportga (ID-karta) ega bo‘lishlari kerak.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti quyidagilarga beriladi
  • 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga;
  • Qonun kuchga kirgan kunga qadar O‘zbekistonda doimiy yashagan shaxslarga;
  • Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga.

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti ichki ishlar organlari tomonidan beriladi.
  • O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi.
  • Bunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin.

Pasport olish uchun quyidagilarni taqdim etish lozim
  • biometrik pasport berish haqida ariza topshirish;
  • 16 yoshga to‘lganlik munosabati bilan pasport olishda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish. Agar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan berilgan bo‘lsa, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga apostilь qo‘yish zarur;
  • ilgari berilgan pasportni topshirish;
  • 35x45 mm hajmdagi 2 ta fotosurat;
  • davlat boji to‘langanligi to‘g‘rsidagi hujjat.