O‘zbekistonda avtotransport vositasini muomala layoqatiga ega, 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sotib olishi mumkin.
- Yangi avtotransport vositasi maxsus savdo tashkilotilari – diler orqali sotib olinadi.
Yangi avtotransport vositasini dilerlardan sotib olishda shartnomani notarius orqali tasdiqlash talab etilmaydi. Avtotransport vositasini Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqami belgisini olish uchun berilgan hisob-ma’lumot asos bo‘ladi.
- Dilerlar orqali avtotransport vositasini sotib olishda oluvchining pasporti va STIRi taqdim etiladi.
- Foydalanishda bo‘lgan avtotransport vositasini maxsus ixtisoslashtirilgan bozorlar yoki Internet saytlar va mobil ilovalar («OLX.UZ», «AVTOBOR», «AVTOELON» va h.) orqali sotib olish mumkin.
Bunda avtotransport vositasi bilan bog‘liq bitimlar (oldi-sotdi, hadya, ayrboshlash shartnomalari va h.k.) notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Avtotransport vositalarini xorijda ham sotib olish mumkin. Xorijda sotib olingan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda tegishli bojxona hujjatlari rasmiylashtirilishi lozim.
Avtotransportni ikkilamchi bozordan sotib olish
- Avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasini notarial tartibda tasdiqlash lozim.
- Avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasini oluvchining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidan qat’iy nazar istalgan davlat notarial idorasida tasdiqlash mumkin.
Amalga oshiriladigan to‘lovlar havolaga o‘ting.
Gerb yig‘imi: BHMning 10 foizi.
Kerakli notarial idorasini bu erdan topishingiz mumkin.
Notarius qabuliga yozilish uchun ushbu havolaga o‘ting.