Haydovchilik guvohnomasi beriladigan avtomototransport vositalarini toifalari:
A-toifasimototsikllar va ularga tenglashtirilgan mototransport vositalari
V-toifasi
- to‘la vazni 3 500 kg dan oshmagan yoki o‘rindiqlar soni 8 tagacha bo‘lgan avtotransport vositalari;
- tirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan «V» toifadagi, tirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq, lekin avtotransport vositasining o‘zi 3 500 kg dan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari;
S-toifasito‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining to‘la vazni 750 kg gacha bo‘lgan avtotransport vositalari;
D-toifasiyo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari;
VE-toifasi
- tirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq, yoki tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni aslahalangan avtotransport vositasining vaznidan ortiq bo‘lgan «V» toifadagi avtotransport vositalari;
- tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq, lekin transport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari;
SE-toifasitirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan «S» toifadagi avtotransport vositalari;
DE-toifasitirkamasining to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan «D» toifadagi avtotransport vositalari hamda bo‘g‘imli avtobuslar.
Haydovchilik guvohnomasi beriladigan avtomototransport vositalarini toifalari: