Mol-mulkini ijaraga berishdan to‘lov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilar dastlabki tarzdagi deklaratsiyani quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
- ijaradan daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda;
- jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni to‘laydigan jismoniy shaxslar — joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay.
► Yangi ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari — tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.
Ko‘chmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi.
- Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq to‘lovchi doimiy yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
- Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunigacha har oyda to‘laydi.
- Yil tugagach, soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning 1-iyunidan kechiktirmay soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim.