1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga etmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;
5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada 16 yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;
6) Chernobilь AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran 3 yil muddatga. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo‘ladi.