Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar er solig‘ini to‘lovchilardir.

► Hokimiyatlar tomonidan ijaraga berilgan er uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi er solig‘iga tenglashtiriladi.

Quyidagi er uchastkalari bo‘yicha er solig‘i to‘lanadi
  • dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan er uchastkalari;
  • yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan er uchastkalari;
  • jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan er uchastkalari;
  • xizmat yuzasidan berilgan chek erlar;
  • meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan er uchastkalari;
  • mulk qilib sotib olingan er uchastkalari;
  • tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan er uchastkalari.

Ko‘p kvartirali uylar egallagan er uchastkalari soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi. Bunda ko‘p kvartirali uylarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganda er solig‘i umumiy asoslarda to‘lanadi.


Er solig‘i kalьkulyatori