Soliq solish ob’ektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.
- Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi qirq ikki million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.
- Soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida – 210 mln. so‘m boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa – 90 mln. so‘m miqdorda soliq bazasi hisoblanadi.
- Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq bazasi har bir ob’ekt bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.
Ahamiyat bering!
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan er uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari egallagan er uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi hamda Soliq kodeksining 436-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
- Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona er uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.