Nuqsonli tovar ayni shunday markali (modelli) tovarga almashtirib berilgan vaqtda tovarning narxi o‘zgargan bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydi.

Sotuvchi va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinayotganda:
  • tovar narxi oshgan bo‘lsa, iste’molchi talab qo‘ygan paytdagi qiymatga qarab hisob-kitob qilinadi;
  • tovar narxi pasaygan taqdirda, u sotib olingan paytdagi qiymatga qarab hisob-kitob qilinadi.

Tovarlar kreditga sotilgan iste’molchilarga, shartnomani bekor qilgandan so‘ng, tovarlar qaytarib berilayotganda qaytarilgan kredit miqdorda, shuningdek qarzni taqdim etganlik uchun kompensatsiya miqdorida pul summasi qaytariladi.