Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilishi mumkin.

Bunday holda iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilarni talab qilishga haqli:
  • tovarni shunday markali tovarga almashtirib olish;
  • tovarni boshqa markali (modelli) tovarga almashtirib, narxini qayta hisob-kitob qilish;
  • nuqsonlarni bepul bartaraf etishni yoki xarajatlarni qoplashni talab qilish;
  • narxni kamaytirishni talab qilish;
  • shartnomani bekor qilish va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Mazkur huquqlarni amalga oshirish uchun tovarning nuqsoni quyidagi muddatlarda aniqlangan bo‘lishi lozim:
  • tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;
  • kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha 6 oy mobaynida;
  • ko‘chmas mulk iste’molchiga sotilgan kundan boshlab 2 yil ichida.

Nuqsonli tovar sotuvchiga quyidagilar bilan birga qaytariladi:
  • tovarning kassa (tovar) cheki;
  • tovarning texnik pasporti (ayrim tovarlar uchun).

Iste’molchi sifatsiz oziq-ovqat tovari sotib olsa, 24 soat ichidagina uni:
  • almashtirish;
  • narxini kamaytirish;
  • nuqsonni bartaraf etish va zararni qoplash talabini qo‘yish huquqiga ega.

  • Iste’molchi sifatli nooziq-ovqat tovarini (masalan, sovun, idish-tovoq, o‘yinchoqlar, kantselyariya mollari va shu kabilar) sotib olgan kunidan boshlab 10 kun ichida ayni shunday tovarga almashtirib olishga haqli.
  • Agar sotuvchida bunday tovar mavjud bo‘lmasa, iste’molchi to‘langan pulni qaytarib olishi mumkin.
  • Almashtirilayotgan tovarlarning narxida tafovut bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinadi.

Sotuvchi tomonidan nuqsonli tovarni almashtirib berish rad etilsa:

Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan tovarlar ro‘yxati


Nuqsonli tovarni almashtirish va nuqsonni bartaraf etish

Tovarning nuqsonlari aniqlanganda, shu kundan boshlab 7 kunlik ichida tovar ayni shunday markali tovarga almashtiriladi.

Muddat uzaytirilishi mumkin, agar:

  • O‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tovar bahosining 1 foizi miqdorida iste’molchiga penya to‘laydi.

Tovarning kafolat muddati mobaynida nuqsonlar topilganda, uni bepul bartaraf etish muddati
  • sotuvchi bartaraf etsa - 20 kun ichida;
  • ishlab chiqaruvchi bartaraf etsa - 10 kun ichida.

  • Iste’molchi kafolat muddati tugaganidan keyin ham tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etishni talab qilishi mumkin.

Ta’mirlash davrida iste’molchiga berib turish (almashtirish) to‘g‘risidagi talab tatbiq etilmaydigan tovarlar
  • Avtomobillar, mototsikl, tirkama va nomerli agregatlar;
  • Mebelь;
  • Pardoz buyumlari sifatida va tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (elektrbritvalar, elektrofenlar va b.);
  • Mahsulotlarni termik qayta ishlash va ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (maishiy SVCh pechlari, elektrpechlar, tosterlar va b.).

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan quyidagi holatlarda tovar bahosining 1 foizi miqdorida penya to‘lanadi
  • iste’molchining vaqtincha foydalanish uchun tovar berib turish haqidagi talabini bajarish kechiktirilgan har bir kun uchun;
  • nuqsonlarni bartaraf etish muddatlarini ortiqcha kechiktirilgan har bir kun uchun.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) nuqsonli tovarni almashtirmasa, qaytarib olmasa yoki nuqsonni bartaraf etmasa vakolatli organlarga murojaat etish mumkin.