Havo kemalarida tashuvi taqiqlangan modda va buyumlar:
portlovchi moddalar, portlovchi vositalar va ularning hosila predmetlari
- har qanday o‘ramda va miqdordagi porox;
- har qanday o‘qdori, jangovar patronlar (shu jumladan kichik kalibrli), gaz bilan ishlovchi qurol uchun patronlar, ov kapsulalari (pistonlar), pirotexnika vositalari;
- signalli va yorituvchi raketalar, posadkali shashkalar, tutun chiqaruvchi patronlar (shashkalar), feyerverklar, bengal olovi, temir yo‘l petardlari;
- individual qo‘llanishga mo‘ljallangan xavfsiz gugurt donalari, termo-gugurt donalari, ovchi gugurtlari, dinamit gugurtlari;
- singmaydigan suyuq yoqilg‘i, suyuq gaz har qanday turdagi zajigalkalar, zajigalka uchun yoqilg‘i va ular uchun mo‘ljallangan yonilg‘i quyishgacha ishlatiladigan elementlar.
portlovchi va yonuvchan moddalar va portlovchi moslamalar
- minalar, granatalar va boshqa harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan portlovchi qurilmalar;
- trotil, dinamit, tol, ammonal va boshqa portlovchi moddalar;
- kapsulalar, detonatorlar, elektr detonatorlar va elektr alangalanuvchilar;
- detonatorli va olov o‘tkazgichli bog‘lamamalar, qora porox va plastik portlovchi moddalar.
Ba’zi patronlar ro‘yxatdan o‘tgan bagajda ayrim talablarga rioya qilingan holda tashishga yo‘l qo‘yiladi.
siqilgan va suyuq gazlar
- Maishiy qo‘llanishga mo‘ljallangan (butan-propan) va boshqa gazlar;
- Dastlabki shollik holatiga tushiruvchi va ko‘zdan yosh oqizuvchi xususiyatli gaz ballonchalari.
tez alangalanadigan suyuqliklar
- atseton;
- benzin;
- yonuvchan neft mahsulotlari namunalari;
- metalon;
- metilatsetat;
- oltingugurt uglevodi;
- efir moylari va boshqa barcha tezalangalanadigan suyuqliklar
yonuvchan qattiq moddalara)o‘z-o‘zidan alangalanish va yong‘in keltirib chiqaruvchi suv ta’sir ettirilganda issiqlik chiqaruvchi moddalar hamda yonuvchan gazlar:
- kaliy;
- natriy;
- metalli kalьtsiy va uning quymalari;
- fosforli kalьtsiy va boshqalar;
- oq, sariq, qizil fosfor va yonuvchan qattiq moddalar guruhiga kiruvchi boshqa moddalar, organik piroksidlar;
b) kolloidli nitrotsellyuloza:
- granula yoki parcha ko‘rinishida, quruq yoki nam - 25% dan kamroq suv yoki eritmaga ega holatda;
- bo‘lak shaklida, nam - 25% dan kamroq spirtga ega holda;
- quruq yoki 30% dan kamroq eritma yoki 20% dan kamroq suvga ega nam nitrotsellyuloza.
zaharli va zaharlovchi moddalar
- har qanday taraga qadoqlangan suyuq yoki qattiq holatdagi zaharli, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharlovchi har qanday moddalar;
- brutsin;
- nikotin;
- strixnin;
- tetragidrofurfuril spirti;
- antifriz;
- tormoz suyuqligi;
- etilenglikolь;
- simob;
- sinil kislotasining barcha turdagi tuzlari va tsianid preparatlar;
- tsiklon;
- tsianplav;
- mishyak angidridi;
- qolgan barcha kuchli ta’sir etuvchi zaharli va zaharlovchi moddalar;
- kimyoviy moddalar;
- hushdan ketkizuvchi va ishchanlik qobiliyatining yo‘qolishiga olib keluvchi gazlar va aerozollar, shu jumladan meys, qalampirli gaz, kislotali aerozollar va hayvonlarni qo‘rqitish uchun ishlatiladigan aerozollar.
o‘yuvchi va emiruvchi moddalara) kuchli anorganik kislotalar:
- tuzli;
- oltingugurtli;
- azotli va boshqalar;
b) ftor-vodorodli kislota;
v) boshqa kuchli kislotalar va emiruvchi moddalar.
barcha turdagi o‘qotar, gazli, pnevmatik, sovuq va mexanik qurollar
- to‘pponchalar;
- revolьverlar;
- miltiqlar;
- karabinlar va boshqa o‘qotar;
- gazli;
- pnevmatik qurol;
- ko‘rinishidan haqiqiyga o‘xshash o‘qotar qurollarning nusxalari va imitatorlari;
- o‘qotar qurol qismlari;
- siqilgan havo yoki is gazi (SO2) bilan ishlovchi pnevmatik qurol, shu jumladan to‘pponchalar;
- kichik o‘q otish uchun mo‘ljallangan to‘pponchalar;
- sharikli o‘q otish uchun mo‘ljallangan miltiq va to‘pponchalar;
- elektroshok qurilmalari va uning imitatorlari;
- arbaletlar;
- suv tagida ov qilish uchun mo‘ljallangan qurollar;
- nayzalar, pichoqli nayzalar.
vaqtinchalik hushdan ketkazuvchi va falaj qiluvchi (harakatsizlantiruvchi) maxsus qurilmalar
- shol qiluvchi zarba berishga mo‘ljallangan qurilmalar, jumladan shok ta’siriga ega to‘pponchalar(masalan, tazerlar) va politsiyachilar shok tayoqchalari;
- kar qiluvchi va hayvonlarni og‘riqsiz o‘ldirishga mo‘ljallangan qurilmalar.
havo kemasi salonida tashish taqiqlangan predmetlar
- jiddiy tan jarohati etkazish mumkin bo‘lgan uchi o‘tkirlangan yoki o‘tkir qirrali predmetlar:
- boltalar;
- keskichlar va qassob pichoqlari;
- muz qirqqichlar va muz teshuvchi pistillar;
- pichoqlar, qaychilar;
- sharq yakkakurashlarida qo‘llaniluvchi uchi o‘tkirlangan yoki o‘tkir qirrali predmetlar;
- xanjar va qilichlar.
ish qurollari
- jiddiy tan jarohati etkazish yoki havo kemasi xavfsizligiga tahdid solish uchun ishlatish mumkin bo‘lgan asboblar;
- lomlar;
- drellar va burg‘ulovchi asboblar, shu jumladan batareya bilan ishlovchi portativ drellar;
- qurol sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan ish qurollari, jumladan otvertkalar, tig‘, arra, shu jumladan batareya bilan ishlovchi portativlari ham;
- erituvchi lampalar;
- steplerli va mix qoquvchi pistoletlar.
zarba berganda jiddiy tan jarohati etkazish maqsadida qo‘llash mumkin bo‘lgan to‘mtoq uchga ega predmetlar
- beysbol bitalari va softbol o‘yiniga mo‘ljallangan bitalar;
- politsiya tayoqlarining turli ko‘rinishlari, shu jumladan uzun va tungi (yoritgichli), sharq yakkakurashida qo‘llaniladigan moslamalar.