Oldindan band qilish - yo‘lovchi uchun havo kemasida oldindan band qilib qo‘yish havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashishning zarur sharti va chipta rasmiylashtirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bunda, havo transportida joy, reys va kun yo‘lovchi nomiga band qilinadi.
Oldindan band qilish uchun tashuvchi yoki uning vakolatli agentiga murojaat qilish yo‘llari
- telefon (71-140-00-00);
- internet tarmog‘i;
- elektron pochta;
- boshqa aloqa vositalari orqali amalga oshiriladi.
Oldindan band qilish muddati tashuvchi tomonidan belgilanadi
Oldindan onlayn band qilish
- Joyni oldindan on-layn band qilish juda oson. Buning uchun havolaga o‘ting.
- To‘lov UzCard plastik kartalari orqali amalga oshiriladi (agar sms-xabar xizmati yoqilgan bo‘lsa).
- Jarayonlar muvaffaqiyatli yakunlansa, telefon raqamga xabar, elektron pochta manziliga esa elektron chipta yuboriladi.
- Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishda pasport va chipta ko‘rsatilsa kifoya.
- Joyni oldindan onlayn band qilish va to‘lovni amalga oshirish Internet orqali samolyot uchishidan kamida 3 soat avval amalga oshiriladi.
- Xizmat 18 yoshdan yuqori bo‘lgan O‘zbekistan Respublikasi rezidentlariga ichki reyslar uchun tatbiq etiladi.
- Ma’lumotlar uchun telefon: +99871 140-02-00
Yo‘lovchini xabardor qilmagan holda oldindan band qilishni bekor qilish holatlari
- to‘lov belgilangan muddatda amalga oshirilmasa;
- tashish qoidalarida belgilangan talablar bajarilmaganda;
- tashuvchini xabardor qilmasdan oldindan band qilingan joyga kelmaganda.
Yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish
- yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatish vaqti tashuvchi tomonidan belgilanadi, tashuvchi belgilagan vaqtdan kechikmasdan etib kelishi lozim;
- yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazishda yo‘lovchi o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi lozim.
Oldindan band qilishda alohida shartlar qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yo‘lovchilar toifalari
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- ota-onalari, vasiylari yoki homiylari hamrohligisiz uchayotgan bolalar;
- zambildagi kasal yo‘lovchilar;
- tashish uchun salonda qo‘shimcha joy talab qiladigan yo‘lovchilar;
- imkoniyatlari cheklangan yo‘lovchilarni, shu jumladan o‘rindiq-aravachada tashiladiganlar;
- qurol va o‘q-doriga ega bo‘lgan yo‘lovchilar.
Oldindan band qilishda alohida shartlar qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yuk toifalari
- tashuvchi tomonidan bepul tashishga ruxsat etilgan belgilangan me’yordan oshgan bagaj;
- yig‘ilgan ko‘rinishda uch o‘lchov yig‘indisi bo‘yicha hajmi 200 sm dan oshgan bagajni, shu jumladan turli xil sport anjomlar;
- faqat havo kemasi salonining qo‘shimcha o‘rindig‘ida tashilishi mumkin bo‘lgan bagaj;
- hayvonlar yoki qushlar.
Ichki tashishlarda yo‘lovchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
- diplomatik pasport;
- O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi senatori va deputatning guvohnomasi;
- O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizligi xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, prokuratura organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi;
- Harbiy xizmatchining guvohnomasi;
- shaxsning ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganligi haqidagi ma’lumotnoma;
- ma’lumotnoma 9-son shakl (Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan vaqtinchalik guvohnoma);
- O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma;
- tug‘ilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun);
- chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnomasi;
- fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati;
- fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnomasi.
Norezidentlar uchun:
- milliy pasporti;
- xizmat pasporti (rasmiy);
- diplomatik pasport;
- BMTning harakatlanish hujjati;
- dengizchining pasporti;
- qochoqning harakatlanish hujjati;
- fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijiy davlat tomonidan berilgan harakatlanish hujjati;
- chet ellik shaxsning qaytishiga guvohnoma.