Pul jo‘natish uchun
- bank bo‘linmasiga (filial, minibank) murojaat qilish;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)ni taqdim etish;
- qabul qiluvchining F.I.Sh.ni ko‘rsatish (qo‘shimcha ma’lumot sifatida telefon raqamini);
- qabul qiluvchi pul mablag‘larini qabul qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatni tanlash;
- kassaga jo‘natma summasi va komission haq hajmida naqd pul mablag‘larini to‘lash.
Bunda pul o‘tkazmalari shaxobchasida jo‘natmani yuborish uchun ariza to‘ldiriladi. Shundan so‘ng pul o‘tkazmalari operatori dasturdan jo‘natmani yuboradi va mijozga ariza nushasini beradi.
Pulni bankdan olish uchun
- bank shahobchasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta) bilan murojaat qilish;
- o‘tkazmaning nazorat raqamini, o‘tkazma miqdori va valyutasini bank xodimiga ma’lum qilish;
- pul o‘tkazmasini qabul qilish uchun arizaga imzo qo‘yish;
- bank kassasidan naqd pulni olish.
Boshqa jismoniy shaxs nomiga kelgan pul jo‘natmasini olishning imkoni yo‘q.
- Fuqarolarning xalqaro pul jo‘natmalari cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari fuqarolarga ular kelib tushgan valyutada beriladi.