03.06.2021 yildagi 338-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarorining ijrosini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlarga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ta’lim muassasalariga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish tartibini takomillashtirish hamda ehtiyojmand oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qarori hamda “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratilganligi, shuningdek, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni ikki baravarga oshirish orqali ikki mingtaga yetkazilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga muvofiq Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berishda “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
a) nomidagi “xotin-qizlarga” so‘zi “ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 1-bandga “xotin-qizlarga” so‘zlaridan oldin “ehtiyojmand oilalardagi” so‘zlari qo‘shilsin;
v) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
g) 3-banddagi “Xotin-qizlarning” so‘zlari “Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
e) 6-bandga “doirasida” so‘zidan keyin “ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning” so‘zlari qo‘shilsin;
j) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
z) 8-bandga “tavsiyanomaga ega” so‘zlaridan keyin “ehtiyojmand oilalardagi” so‘zlari qo‘shilsin;
i) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
k) 15-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
l) 16-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
m) 17 — 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
n) 22 — 27-bandlarga “xotin-qizlar” so‘zlaridan oldin “ehtiyojmand oilalardagi” so‘zlari qo‘shilsin;
o) 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

TAVSIYANOMA

№ AA 000000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro

______________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

(___________________)

(pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami)

O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining 20___ yil “___”___________dagi “_____”-son buyrug‘iga asosan berildi.

M.O‘.

__________________________________ ____________________________

(mansabdor shaxsning F.I.O., imzo)

20___ yil “___”___________

TAVSIYANOMA

№ AA 000000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro ___________________ _________________ _________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

___________________________ (pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “___”_________________dagi “_____”-son qaroriga muvofiq respublika oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun berildi.

Tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining 20___ yil “___”___________dagi “_____”-son buyrug‘iga asosan berildi.

Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan e’tiboran bir yil muddat davomida kuchga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

____________________________________

____________________________________

(F.I.O.)

QR — kod (matrik shtrixli kod)

20___ yil “___”__________