1-ILOVA
Subyektlar | Tadbirlar | Ijro muddati | ||||
1-bosqich | Adliya vazirligi | Normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish reja (keyingi o‘rinlarda — reja) loyihasini shakllantirish maqsadida davlat organlariga o‘z takliflarini taqdim etishlari uchun so‘rov yuboradi. | Reja loyihasini shakllantirishdan oldin | |||
2-bosqich | Davlat organlari va boshqa tashkilotlar | Davlat organlari gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun o‘z faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim etadi. | Adliya vazirligi so‘roviga asosan unda ko‘rsatilgan muddatlarda | |||
3-bosqich | Adliya vazirligi | 1. Davlat organlari tomonidan berilgan takliflarni umumlashtiradi. 2. Reja loyihasiga normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlili asosida ishlab chiqilgan takliflarni kiritishi mumkin. 3. Reja loyihasini tasdiqlashdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) kelishish uchun taqdim etadi. 4. Rejani tasdiqlaydi. | Har uch yilda bir marotaba yilning | |||
4-bosqich | Davlat organlari va boshqa tashkilotlar | 1. Rejada belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarni gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. 2. Gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning gender tenglik prinsiplariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborot va takliflarni o‘z ichiga olgan xulosani Adliya vazirligiga taqdim etadi. | Rejada belgilangan muddatlarda | |||
5-bosqich | Adliya vazirligi | 1. Davlat organlari tomonidan taqdim etilgan xulosalarni tegishli normativ-huquqiy hujjatda gender tenglik prinsiplariga nomuvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganadi. 2. O‘rganish natijalariga ko‘ra, xulosalarni maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emas deb topadi. | Bir oy muddatda | |||
6-bosqich | Adliya vazirligi | Normativ-huquqiy hujjatlardagi gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar bo‘yicha tayyorlangan va umumlashtirilgan xulosalarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etadi. | Rejada belgilangan muddatda | |||
7-bosqich | Komissiya | Umumlashtirilgan xulosalarning tahlili asosida tegishli normativ-huquqiy hujjatda gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar mavjud deb topilgan hollarda, ularni bartaraf etish maqsadida mazkur normativ-huquqiy hujjatni bajarish va qo‘llash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatni qayta ko‘rib chiqish hamda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha aniq muddatini ko‘rsatgan holda topshiriq berish huquqiga ega. | Zaruratga ko‘ra |
2-ILOVA
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING GENDER-HUQUQIY | ||||
1. Normativ-huquqiy hujjat turi. ___________________________________________________________________________________________ 2. Normativ-huquqiy hujjat nomi va rekvizitlari. ___________________________________________________________________________________________ 3. Gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazuvchi davlat organi. ___________________________________________________________________________________________ 4. Gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazish uchun asos. ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ 5. Normativ-huquqiy hujjatda aniqlangan gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar va ularni bartaraf etish uchun tayyorlangan takliflar.* ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ | ||||
Rahbar | ________________ | |||
20___ yil “_____” _______________ | ( imzo ) |
3-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Ijro muddati | |||
1-bosqich | Davlat organlari va boshqa tashkilotlar (ishlab chiquvchi) | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari tegishli loyiha bo‘yicha yuridik xizmatning huquqiy xulosasida aks ettiriladi. 2. Loyiha gender tenglik prinsiplariga nomuvofiq bo‘lsa, yuridik xizmat loyihani tegishli e’tirozlar bilan qayta ishlash uchun mas’ul bo‘lgan tegishli tarkibiy bo‘linmaga qaytaradi. | Zaruratga ko‘ra | |||
2-bosqich | Ishlab chiquvchi | Loyiha yuridik xizmat tomonidan gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda manfaatdor organlar va tashkilotlarga kelishish uchun yuboriladi. | Loyiha bo‘yicha yuridik xizmatning huquqiy xulosasi olingandan keyin | |||
3-bosqich | Manfaatdor organlar va tashkilotlar | Kelishish jarayo�ida loyihani gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazishi va shu bo‘yicha o‘zlarining taklif va e’tirozlarini ishlab chiquvchiga bildirishlari mumkin. | Zaruratga ko‘ra | |||
4-bosqich | Ishlab chiquvchi | Adliya organlariga huquqiy ekspertizadan va uning doirasida gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuboradi. | Manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilgandan so‘ng | |||
5-bosqich | Adliya organlari | 1. Loyihani huquqiy ekspertiza doirasida uning gender tengligi prinsiplariga muvofiqligi va jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish holatlari vujudga kelishiga shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. 2. Loyihani gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari huquqiy ekspertiza bo‘yicha tegishli xulosada aks ettiriladi, unda gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan normalarning mavjudligi to‘g‘risida asoslantirilgan ma’lumot beriladi va loyihani qayta ishlash zarurligi to‘g‘risida takliflar yoki bunday normalar yo‘qligi ko‘rsatiladi. | Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlarida hamda boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlarda |